19.06.2025
Loyiha asosida piyodalarga e’tiborni jalb qilishga intilish yotadi, buning uchun yorug‘likni aks ettiruvchi elementlar va barchaga tanish yo‘l harakati belgilari bo‘lgan sumkalar yaratildi. Bu sumkalar bir vaqtning o‘zida ham funksional aksessuar, ham ijtimoiy belgiga aylandi — ular odamni yo‘lda ko‘zga yaqqol tashlanadigan qiladi va atrofdagilarga hayotning qadrli ekanligini eslatib turadi.
KIAF (Kyiv International Advertising Festival) reklama va ijodiy yondashuv sohasidagi eng nufuzli festivallardan biri bo‘lib, unda hakamlar hay’ati nafaqat vizual yechim va strategiyani, balki jamiyatga real ta’sirni ham baholaydi. VISIBLE BAG‘ning Creative Communications (Kreativ kommunikatsiyalar) / Tactical/Real-Time Response (Taktik/Tezkor javob) nominatsiyasidagi oltin sovriniga loyiq ko‘rilganligi g‘oyaning dolzarb, ijroning ifodali va natijaning ahamiyatli ekanligini tasdiqlaydi.
White Square xalqaro kreativlik festivalida Visible Bag keysi sovrinlarning butun boshli kolleksiyasini to‘pladi, o‘z toifasida eng yaxshi ish (Best of Contest), Brending (Branding / Promotional Printed Materials) nominatsiyasida oltin, tashqi reklama va atrof-muhit dizayni uchun (Outdoor.Sectors / Retail, e-commerce; Brand environment design / Points of Sale, Consumer Touchpoints) ikkita kumush va tashqi reklama, media va ulardan ijodkorlik bilan foydalanganlik uchun (Outdoor / Ambient; Media / Ambient Media; Creative use of Media / Ambient Media) uchta bronza ana sular jumlasidandir.
Usbu g‘alabalar XAVFSIZ HARAKAT loyihasi jamg‘armasida birinchisi emas. O‘tgan yilning kuzidan e’tiboran loyiha turli xalqaro festivallarda bir nechta mukofotlarga sazovor bo‘ldi.
PHNX Awards (Parij, may, 2025 yil)
● Product and Packaging design (Mahsulot va o‘ram dizayni) nominatsiyasida oltin sovriniga munosib ko‘rildi.
● mazkur keys vazifasi reklama sanoatini ijtimoiy mas’uliyat va barqaror rivojlanish atrofida birlashtirish bo‘lgan ACT Responsible (Advertising Community Together) xalqaro professional hamjamiyatining talqiniga ko‘ra Best responsible campaigns (Eng yaxshi ijtimoiy mas’uliyatli kampaniyalar) top-5 ro‘yxatiga kiritildi.
Baku Flames (Boku, may 2025 yil)
● Effective Change Track (Samarali o‘zgarishlar yo‘li) / Sustainable Development Goals / Prosperity & Innovation (Barqaror rivojlanish maqsadlari / Farovonlik va innovatsiyalar) nominatsiyasida kumush sovrinini qo‘lga kiritildi.
TAF! (Toshkent, oktyabr 2024 yil)
● bronza — Marketing & Creative effectiveness. PR campaign (Marketing va ijodiy yondashuv samaradorligi. PR-kampaniya)
● bronza — Social/ESG (Ijtimoiy va ESG loyihalar)
Jolbors (Almati, sentyabr 2024 yil)
● oltin — «Tajriba va brendni faollashtirish»
● kumush — «G‘oyalar»
● kumush — «Bosma materiallardan ijodiy yondashgan holda foydalanish»
● bronza — «Strategiya»
GROSS’ning ta’kidlashicha, ushbu loyiha xavfsiz yo‘l harakati madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlarning bir qismidir. Festival mukofotlari ijodiy yondashuv keng jamoatchilik e’tiborini ijtimoiy muammolarga jalb qilishi mumkinligi va real ijobiy o‘zgarishlarga xizmat qilishining yana bir tasdig‘idir.
Salomatlik haqida qayg‘urish har bir inson uchun eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan biridir. O‘zbekistondagi zamonaviy tibbiyot sharoitida ko‘pchilik o‘ylanib qoladi: faqat davlat idoralariga ishonish kerakmi yoki qo‘shimcha himoya choralarini ko‘rib chiqish kerakmi? Bunday yechimlardan biri ixtiyoriy tibbiy sug‘urta (IMS) hisoblanadi.
GROSS sug‘urta kompaniyasi, Uzum Market milliy marketpleysi, Vazari marketing kompaniyasi va Synthesis agentligi tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha XAVFSIZ HARAKAT kampaniyasi doirasida amalga oshirilgan ijtimoiy loyiha KIAF (Kiyev, Ukraina) va White Square (Minsk, Belarus) xalqaro kreativ sanoat festivallarida oltin medal sovriniga sazovor bo‘ldi.
Har bir avtomobil haydovchisi ertami-kechmi sug‘urta polisini rasmiylashtirish zaruriyatiga duch keladi. Bu umumiy foydalanishdagi yo‘llarga chiqish mumkin bo‘lmagan majburiy OSAGO yoki o‘z mulkini himoya qilish uchun mo‘ljallangan ixtiyoriy KASKO bo‘lishi mumkin.
Sug‘urta shaxsiy va moliyaviy farovonlikni himoya qilishning eng muhim vositalaridan biridir. U kelajakka ishonch tuyg‘usini beradi va kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelganda jiddiy yo‘qotishlardan qochishga yordam beradi
Sayohat - bu nafaqat ilhom, yangi taassurotlar va uzoq kutilgan dam olish, balki potensial xavflar hududi hamdir. Hatto eng yaxshi rejalashtirilgan sayohat ham to‘satdan kasallik, jarohat yoki yukni yo‘qotish bilan yakunlanishi mumkin.