30.05.2025
GROSS 2024-yil uchun O‘zbekiston brendlarining marketing samaradorligi reytingida 5-orinni va "Sug‘urta kompaniyalari" nominatsiyasida 1-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston marketing uyushmasi tomonidan har yili o‘tkaziladigan organishlar kompaniyalarning kreativligi, innovatsiyalari va strategiyalarining muvaffaqiyatini baholaydi. Reyting taniqli mahalliy va xalqaro brendlarning 200 nafar rahbar va marketologlaridan iborat ekspert kengashi kuzatuvi ostida tuziladi. Bunday nufuzli professional hamjamiyat tomonidan GROSS marketing samaradorligining yuqori baholanishi kompaniyaning brendni strategik boshqarish sohasidagi yetakchiligini, shuningdek, uning o‘zgarishlarga moslashish va raqobatli sug‘urta bozorida o‘z xizmatlarini muvaffaqiyatli ilgari surish qobiliyatini tasdiqlaydi.
"Biz nafaqat yetakchi o‘rinlarni egallashga, balki innovatsiyalar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlarini belgilashga intilamiz. GROSS O‘zbekistonda birinchi bo‘lib B2C tarzda sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha onlayn polislarni rasmiylashtirishni boshladi. Bizning mutaxassislarimiz sug‘urta hodisasi yuz berganda tezkor yordam berish yoki hatto shunchaki yoningizda bo‘lish va yuzaga keladigan savollarga javob berish uchun sug‘urta egalari bilan tun-u kun va dam olish kunisiz barcha mumkin bo‘lgan aloqa kanallari orqali aloqada bo‘lishadi. Biz biznes-jarayonlarni avtomatlashtirmoqdamiz, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etmoqdamiz, bularning barchasi hatto bugungi kun emas, balki ertangi kun talablariga javob berish uchun amalga oshirilmoqda, — deb qayd etdi GROSS boshqaruvi raisi Otabek Nazarov. — Marketing samaradorligi kompaniyaning moliyaviy natijalari bilan tasdiqlanadi. Faqatgina yo‘nalishlardan biri bolmish xalqaro yo‘nalishdan misol keltiraman. Bugungi kunda 79 mamlakatda qayta sug‘urtalash faoliyatini muvaffaqiyatli olib bormoqdamiz. 2024-yilda qayta sug‘urtalash hajmi 392 foizga oshganligi GROSS’ga bo‘lgan ishonchning yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi. Xorijiy kompaniyalardan qabul qilingan qayta sug‘urtalash hajmining to‘rt baravarga o‘sishi jamoamiz erishgan yutuqlarning salmoqli ekanligini tasdiqlaydi. Jahonning yetakchi sug‘urta konsernlari va brokerlari bilan mustahkam sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, qayta sug‘urta shartnomalari hajmlarini oshirish va global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamlash rejalashtirilgan".
Marketing va reklamaga oid tashabbuslarimiz kompaniyaga taniqlilik borasida yetakchilikni ta’minlaydi. Buni De Facto marketing agentligi tomonidan o‘tkazilgan organish natijalari tasdiqlaydi.
"GROSS mijozlarning ehtiyojlariga diqqat-e’tiborini qaratadi, sug‘urta mahsulotlarini yangi talablarga mos ravishda doimiy tarzda takomillashtirib boradi va marketingda zamonaviy yondashuvlarni joriy etadi. Masalan, biz sug‘urta xizmatlarini targ‘ib qilishdan ijtimoiy tashabbuslarni amalga oshirishga e’tibor qaratdik. Quvonarlisi, bu professional hamjamiyat tomonidan yuqori baholandi va bizning XAVFSIZ HARAKAT ijtimoiy loyihamiz bu yil to‘rtta Jolbors mukofotiga va ikkita TAF mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlagan va biz bilan birgalikda hayotni yanada qulay va xavfsiz qilayotgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz. Biz marketing sohasida yangilik yaratuvchi ekanimizdan va sug‘urta bozorida trendlarni belgilab berayotganimizdan faxrlanamiz," — deydi GROSS boshqaruvi raisi o‘rinbosari Kamoliddin Beknazarov.
Sug‘urta kompaniyasi O‘zbekiston agentliklari reytingida yuqori o‘rinlarni egallab turgan yetakchi kreativ va marketing agentliklari hamda ishlab chiqarish studiyalari bilan hamkorlik qiladi. Ular orasida «Синтез» (reytingda 1-o‘rin), Vazari, Lunar kompaniyalari bor. XAVFSIZ HARAKAT ijtimoiy loyihasining "Ko‘chma belgilar" keysi qo‘shma loyihasi bu yil "Jolbors" va "TAF" xalqaro festivallarining nufuzli mukofotlari bilan taqdirlandi.
2024-yilda GROSS kompaniyasining xalqaro mukofotlari, reytinglari va sovrinlari:
● "Umumiy sug‘urta bo‘yicha eng yaxshi kompaniya" (Best Non-Life Insurance Company) nominatsiyasida International Finance Awards tanlovi golibi.
● O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va O‘zbekiston Marketing uyushmasi tomonidan "Yil brendi" maqomiga sazovor bo‘ldi.
● O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va O‘zbekiston Marketing uyushmasi tomonidan "O‘zbekistonda 2023-yilda sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha ijobiy hal etilgan murojaatlar soni bo‘yicha yetakchilik uchun" maxsus mukofoti berildi.
● Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi talqiniga ko‘ra Gross sug‘urta kompaniyasining moliyaviy barqarorlik reytingi "B+" darajasida, "Barqaror" prognozi bilan tasdiqlandi.
● GROSS sug‘urta kompaniyasi XAVFSIZ HARAKAT ijtimoiy loyihasining "Ko‘chma belgilar" keysi Jolbors Festival'ning to‘rtta mukofot: "Marketing" toifasida "Tajriba va brendni faollashtirish" nominatsiyasida oltin, "Matbuot va tashqi reklama" toifasida "G‘oyalar" nominatsiyasida va "Media" toifasida "Bosma materiallardan ijodiy foydalanish" nominatsiyasida kumush, shuningdek, "Strategiya" nominatsiyasida bronza mukofoti sovrindori bo‘ldi.
● GROSS sug‘urta kompaniyasining XAVFSIZ HARAKAT ijtimoiy loyihasi TAF! xalqaro reklama festivalida Marketing & Creative effectiveness. PR campaign (Marketing va kreativ samaradorlik. PR-kampaniya) va Social/ESG (Ijtimoiy va ESG loyihalar) nominatsiyalarida ikkita bronza mukofotini qo‘lga kiritdi.
● Gazet International Awards 2024 xalqaro mukofoti: O‘zbekistonda sug‘urta bo‘yicha eng yaxshi mijoz xizmati uchun mukofot — Best Customer Service in Insurance Uzbekistan 2024 qo‘lga kiritildi.
O‘zbekiston marketing uyushmasi — Markaziy Osiyodagi eng yirik marketologlar biznes hamjamiyati. Uyushmaning vazifalari O‘zbekistonda marketingni rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan brendlar, agentliklar va ekspertlarni birlashtirish, kasbiy qiziqishlarni ifodalash, kasbga oid normalarni ishlab chiqish va takomillashtirish, marketologlar malakasini oshirish, marketing va reklama sohasida xalqaro hamkorlik qilishdan iborat.
Salomatlik haqida qayg‘urish har bir inson uchun eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan biridir. O‘zbekistondagi zamonaviy tibbiyot sharoitida ko‘pchilik o‘ylanib qoladi: faqat davlat idoralariga ishonish kerakmi yoki qo‘shimcha himoya choralarini ko‘rib chiqish kerakmi? Bunday yechimlardan biri ixtiyoriy tibbiy sug‘urta (IMS) hisoblanadi.
GROSS sug‘urta kompaniyasi, Uzum Market milliy marketpleysi, Vazari marketing kompaniyasi va Synthesis agentligi tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha XAVFSIZ HARAKAT kampaniyasi doirasida amalga oshirilgan ijtimoiy loyiha KIAF (Kiyev, Ukraina) va White Square (Minsk, Belarus) xalqaro kreativ sanoat festivallarida oltin medal sovriniga sazovor bo‘ldi.
Har bir avtomobil haydovchisi ertami-kechmi sug‘urta polisini rasmiylashtirish zaruriyatiga duch keladi. Bu umumiy foydalanishdagi yo‘llarga chiqish mumkin bo‘lmagan majburiy OSAGO yoki o‘z mulkini himoya qilish uchun mo‘ljallangan ixtiyoriy KASKO bo‘lishi mumkin.
Sug‘urta shaxsiy va moliyaviy farovonlikni himoya qilishning eng muhim vositalaridan biridir. U kelajakka ishonch tuyg‘usini beradi va kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelganda jiddiy yo‘qotishlardan qochishga yordam beradi
Sayohat - bu nafaqat ilhom, yangi taassurotlar va uzoq kutilgan dam olish, balki potensial xavflar hududi hamdir. Hatto eng yaxshi rejalashtirilgan sayohat ham to‘satdan kasallik, jarohat yoki yukni yo‘qotish bilan yakunlanishi mumkin.