29.05.2025
Mijozlar ehtiyojlariga yo‘naltirilgan sug‘urta mahsulotlari
Bugungi kunda GROSS o‘z mijozlariga turli yo‘nalishlar bo‘yicha 137 ta sug‘urta mahsulotini taklif qilmoqda. Kompaniya portfelida O‘zbekiston qonunchiligida nazarda tutilgan majburiy sug‘urtaning barcha turlari, shuningdek, kasbiy va fuqarolik javobgarligi, transport (jumladan, avtotransport, maxsus texnika, temir yo‘l va havo transporti), mol-mulk (ham shaxsiy, ham tijorat), moliyaviy xavf-xatarlar sug‘urtasi va shaxsiy sug‘urta (sog‘liq, sayohat sug‘urtasi, baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash) mavjud.
Mijozlar turli xil qo‘shimcha variantlar bilan sayohatchilar, sog‘liq, avtomobillar, javobgarlik, mol-mulk, moliyaviy xavf-xatarlar sug‘urtasiga oid polislarni tanlashi mumkin.
2024-yil bahorida GROSS birinchilardan bo‘lib takaful tamoyillari bo‘yicha sug‘urta xizmatini bozorga taqdim etdi va yozga kelib mazkur sug‘urta qatoriga kiradigan mahsulotlar turlarini 19 tagacha yetkazdi: u transport vositalari, maxsus texnika, mol-mulk, yuklar va odamlar salomatligini himoya qilishni qamrab oladi.
Mijozlarga ko‘p kanalli xizmat ko‘rsatish tarmog‘i
Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markazi sug‘urta polislari egalari bilan 24/7 rejimida aloqada bo‘ladi. O‘zbekistonning istalgan nuqtasidan 1166 qisqa raqamiga to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘ng‘iroq qilish mumkin. Navbat kutmay va avtomatik javob beruvchi qurilmasisiz operator bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish mumkin. O‘zbekistondagi eng ommabop aloqa kanali — Telegram messenjerida @gross_sos ishonch telefoni ishlamoqda.
Sug‘urta kompaniyasi Telegram-kanal, ijtimoiy tarmoqlar (Instagram, Facebook, LinkedIn) va xaritalar (Google, Yandex, 2Gis) orqali ham mijozlar bilan faol muloqotda qolmoqda, bu esa ularning so‘rovlari va fikr-mulohazalariga tezkor javob berish imkonini beradi. Bunday yondashuv yanada moslashuvchan va qulay o‘zaro aloqani ta’minlaydi, xizmat ko‘rsatish sifatini va masalalarni tezkor hal etishni yaxshilaydi.
Assistans yordam xizmati sayohat polislari egalariga 160 mamlakatda hamrohlik qiladi.
Tibbiyot guruhi har kuni va 24 soat davomida GROSS polisi egalarining qo‘ng‘iroqlari va xabarlarini qabul qiladi. GROSS mijozlari hamkorlik dasturi doirasida O‘zbekiston bo‘ylab 300 dan ortiq klinika va 500 dan ortiq dorixona xizmatlaridan foydalana oladi.
GROSS kompaniyasining o‘z avariya komissarlari xizmati tun-y kun davomida YTH joyiga chiqishga tayyor. Avariya vaziyatlariga nisbatan bunday tezkor munosabatda bo‘lish zararlarga oid masalalarni hal qilish jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi. Bu esa xizmat ko‘rsatish sifatini nazorat qilish, firibgarlikning oldini olish va ichki standartlarga rioya etilishini kafolatlash imkonini beradi.
Raqamlashtirish va xizmatlardan foydalanish
GROSS polislarni mijozlar uchun ma’qul bo‘lgan joylarda rasmiylashtirish imkonini yaratish maqsadida xarid jarayonini optimallashtirdi. GROSS ofislari tarmog‘i O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi. Kompaniyaning 48 ta filiali mamlakatning 35 ta shahrida joylashgan. Kompaniyada 1500 dan ortiq sug‘urta agentlari faoliyat yuritadi.
GROSS O‘zbekistonda birinchi bo‘lib B2C shaklida sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha onlayn polislarni rasmiylashtirishni boshladi. Bugungi kunda GROSS sug‘urta mahsulotlaridan moliyaviy texnologiyalar, sug‘urta mahsulotlari agregatorlari, uyali aloqa operatorlari ilovalari, moliyaviy marketpleyslar, avtomobil haydovchilari uchun ilovalar va hamkor kompaniyalarning veb-saytlari kabi barcha mavjud onlayn platformalari vositasida foydalanish mumkin.
Ijobiy hal etilgan murojaatlar soni bo‘yicha yetakchi
GROSS O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston marketing uyushmasi tomonidan «O‘zbekistonda 2023-yilda sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha ijobiy hal qilingan murojaatlar soni bo‘yicha yetakchilik uchun» maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi. 2023-yilda GROSS 57 022 ta sug‘urta murojaatidan 56 696 tasini hal qildi. Ya’ni murojaatchilarning 99,4 foizi sug‘urta hodisalari bo‘yicha to‘lovlarni olgan. Umumiy to‘lovlar miqdori 81 mlrd so‘mdan ortiq summani tashkil etdi.
2024-yilda sug‘urta kompaniyasi ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha birinchi o‘rinni saqlab qolmoqda. ILMAning mazkur yildagi 9 oyi hisobotiga ko‘ra, GROSS polis egalaridan kelib tushgan da’volarning 97,7 foizini hal qildi. Jami 2024-yil yakunlari hali oldinda – ular kelgusi yilning birinchi choragida sarhisob qilinadi.
Ijtimoiy hissa
GROSS an’anaviy ravishda biznesning ijtimoiy mas’uliyati siyosatiga amal qiladi. Kompaniya shaxmat, mini-futbol, ot sporti, golf, yengil atletika bo‘yicha xalqaro va mamlakatimizdagi sport musobaqalarini qo‘llab-quvvatlagan.
2024-yilda GROSS “Men O‘zbekistonlikman – qonimda g‘alaba” loyihasining rasmiy sug‘urta hamkoriga aylandi. Loyiha tarixda birinchi marta Olimpiadada ishtirok etayotgan mamlakatimiz futbolchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha o‘zbekistonliklarni birlashtirdi.
2023-yilda GROSS xavfsiz yo‘l harakatini targ‘ib qiluvchi "XAVFSIZ HARAKAT" keng ko‘lamli ijtimoiy loyihani ishga tushirdi. Polis avtomobilni ta’mirlash xarajatlarini qoplashi mumkin, ammo, afsuski, odamlarning sog‘lig‘i va hayotini tiklay olmaydi. Shu bois sug‘urta kompaniyasi haydovchilik madaniyatini oshirish, piyodalar uchun xavfsiz o‘tish joylarini tashkil etish, yo‘l harakati ishtirokchilarining qoidalarga rioya etishi kabi masalalarni hal etishni o‘z zimmasiga oldi. "XAVFSIZ HARAKAT" loyihasi doirasida ko‘plab tashabbuslarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lindi, yorug‘lik qaytaruvchi sumkalar ishlab chiqarish, haydovchilarni avariyasiz haydash uchun rag‘batlantirish, piyodalar uchun qulaylik nuqtai nazaridan Toshkent ko‘chalarini monitoring qilish, havaskor sportchilarni qo‘llab-quvvatlash ana shular jumlasidandir.
Bu qadamlar faqat boshlanishi. Kelgusida to‘siqsiz shahar muhitini yaratish, ekologik muhitni yaxshilash va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladigan tadbirlar rejalashtirilgan.
Salomatlik haqida qayg‘urish har bir inson uchun eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan biridir. O‘zbekistondagi zamonaviy tibbiyot sharoitida ko‘pchilik o‘ylanib qoladi: faqat davlat idoralariga ishonish kerakmi yoki qo‘shimcha himoya choralarini ko‘rib chiqish kerakmi? Bunday yechimlardan biri ixtiyoriy tibbiy sug‘urta (IMS) hisoblanadi.
GROSS sug‘urta kompaniyasi, Uzum Market milliy marketpleysi, Vazari marketing kompaniyasi va Synthesis agentligi tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha XAVFSIZ HARAKAT kampaniyasi doirasida amalga oshirilgan ijtimoiy loyiha KIAF (Kiyev, Ukraina) va White Square (Minsk, Belarus) xalqaro kreativ sanoat festivallarida oltin medal sovriniga sazovor bo‘ldi.
Har bir avtomobil haydovchisi ertami-kechmi sug‘urta polisini rasmiylashtirish zaruriyatiga duch keladi. Bu umumiy foydalanishdagi yo‘llarga chiqish mumkin bo‘lmagan majburiy OSAGO yoki o‘z mulkini himoya qilish uchun mo‘ljallangan ixtiyoriy KASKO bo‘lishi mumkin.
Sug‘urta shaxsiy va moliyaviy farovonlikni himoya qilishning eng muhim vositalaridan biridir. U kelajakka ishonch tuyg‘usini beradi va kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelganda jiddiy yo‘qotishlardan qochishga yordam beradi
Sayohat - bu nafaqat ilhom, yangi taassurotlar va uzoq kutilgan dam olish, balki potensial xavflar hududi hamdir. Hatto eng yaxshi rejalashtirilgan sayohat ham to‘satdan kasallik, jarohat yoki yukni yo‘qotish bilan yakunlanishi mumkin.