29.05.2025
Fitch Ratings — xalqaro kapital bozorlari uchun tahlil va tadqiqotlar bo‘yicha yetakchi xalqaro reyting agentliklaridan biri. U Standard & Poor’s va Moody’s bilan bir qatorda «Katta uchlik» deb ataladigan xalqaro reyting agentliklari sarasiga kiradi.
Fitch GROSS kompaniyasining investisiya portfeli boshqa sug‘urta kompaniyalarga nisbatan yaxshiroq kredit sifatiga ega va ko‘proq diversifikasiya qilingan deb hisoblaydi. GROSS bank depozitlari ko‘rinishidagi qayd etilgan daromadlilik instrumentlariga afzal ravishda investisiya kiritgan bo‘lib, ular asosan O‘zbekistonning davlat va yirik xususiy banklarida joylashtirilgan.
Fitch o‘z sharhlarida GROSS kompaniyasining biznes profilini o‘zbekistonlik boshqa sug‘urtalovchilarga nisbatan «maqbul» sifatida baholaydi. Mazkur baho GROSS sug‘urta kompaniyasining biznesni maqbul diversifikasiya qilganligi, raqobatbardosh mavqeni egallashi va mo‘'tadil tavakkalchiligidan kelib chiqadi.
Reyting agentligining e'tirof etishicha, 2023 yilda avtosug‘urta hajmining o‘sishi borasidagi bozor tamoyiliga muvofiq, GROSS portfelida yer usti transport vositalarining sug‘urtasi ustuvor bo‘ldi, 2023 yilda GROSS sug‘urta mukofotlarining salmoqli qismi aynan ular ulushiga to‘g‘ri keladi. Shuni qayd etib o‘tish muhimki, mazkur toifaga avtomobil egalarining shaxsiy javobgarligini sug‘urta qilish va shaxsiy avtomobillarni har tomonlama himoya qilish uchun kompleks sug‘urta qilishdan tashqari, shuningdek xizmat transporti va maxsus texnikani sug‘urta qilish ham kiradi. Fitch agentligi GROSS kompaniyasi avtosug‘urtada tavakkalchiliklarni baholashda barcha holatlarni batafsil chamalagan va puxta o‘ylagan holda yondashadi, deb hisoblaydi.
Fitch shuningdek GROSS kompaniyasi 2023 yilda bozordagi salmoqli ulushi jihatidan to‘rtinchi bo‘lgan kompaniya sifatida O‘zbekistonning ichki sug‘urta bozorida sezilarli mavqega ega ishtirokchi ekanligini alohida ta'kidlaydi hamda foydani qayta investisiya qilinishi ta'siri ostida GROSS kompaniyasining to‘lovga layoqatlilik marjasi yaqin yillar ichida yanada yaxshilanib boradi, deb ta'kidlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Fitch Ratings agentligi 2022 yildan e’tiboran har yili GROSS sug‘urta kompaniyasiga «B+» darajasida, «Barqarorlik» prognozi bilan moliyaviy barqarorlik reytingini berib keladi.
Salomatlik haqida qayg‘urish har bir inson uchun eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan biridir. O‘zbekistondagi zamonaviy tibbiyot sharoitida ko‘pchilik o‘ylanib qoladi: faqat davlat idoralariga ishonish kerakmi yoki qo‘shimcha himoya choralarini ko‘rib chiqish kerakmi? Bunday yechimlardan biri ixtiyoriy tibbiy sug‘urta (IMS) hisoblanadi.
GROSS sug‘urta kompaniyasi, Uzum Market milliy marketpleysi, Vazari marketing kompaniyasi va Synthesis agentligi tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha XAVFSIZ HARAKAT kampaniyasi doirasida amalga oshirilgan ijtimoiy loyiha KIAF (Kiyev, Ukraina) va White Square (Minsk, Belarus) xalqaro kreativ sanoat festivallarida oltin medal sovriniga sazovor bo‘ldi.
Har bir avtomobil haydovchisi ertami-kechmi sug‘urta polisini rasmiylashtirish zaruriyatiga duch keladi. Bu umumiy foydalanishdagi yo‘llarga chiqish mumkin bo‘lmagan majburiy OSAGO yoki o‘z mulkini himoya qilish uchun mo‘ljallangan ixtiyoriy KASKO bo‘lishi mumkin.
Sug‘urta shaxsiy va moliyaviy farovonlikni himoya qilishning eng muhim vositalaridan biridir. U kelajakka ishonch tuyg‘usini beradi va kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelganda jiddiy yo‘qotishlardan qochishga yordam beradi
Sayohat - bu nafaqat ilhom, yangi taassurotlar va uzoq kutilgan dam olish, balki potensial xavflar hududi hamdir. Hatto eng yaxshi rejalashtirilgan sayohat ham to‘satdan kasallik, jarohat yoki yukni yo‘qotish bilan yakunlanishi mumkin.